Ramazon hayiti munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi

image_pdfimage_print

Xalqimizning ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lgan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-sahovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasida ko‘p yillar ishlab, hozirda nafaqada bo‘lgan bir guruh keksa yoshdagi yolg‘iz, og‘ir kasal va muhtoj qariyalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 14 iyun kuni Qo‘mita vakillari, shu jumladan yosh xodimlari 17 nafar yolg‘iz va muhtoj qariyalarning uylariga borgan holda xabar olishib, ularni qo‘mita ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklashdi hamda ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

Keksalarimiz tomonidan kishilarda hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga etish kabi insoniy fazilatlarni mustahkamlash, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan mazkur tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etib kelinayotganligi uchun shukronalik bildirildi.

Axborot xizmati

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________